Erdo'g'an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Yig'ilishda terrorizmga qarshi kurash, chegara hududlarida va chegara ortida amalga oshirilayotgan operatsiyalar jarayoni muhokama qilindi.

2125140
Erdo'g'an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Kecha, 4 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an raisligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda terrorizmga qarshi kurash, chegara hududlarida va chegara ortida amalga oshirilayotgan operatsiyalar jarayoni muhokama qilindi.

Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi yakunida deklaratsiya imzolandi.

Deklaratsiyada terror tashkilotlari va ularning tarafdorlari hech qanday sharoitda mintaqa xavfsizligiga tahdid solishiga yo'l qo'yilmasligi ta'kidlanib, "PKK/KJK-PYD/YPG terror tashkilotining Yevropada yashovchi fuqarolarimiz va vakillarimizni nishonga olgan hujumlari yaqindan kuzatib borilayotgani bildirildi. Terror tashkilotlarini terrorizm bilan aloqalarini butunlay to'xtatishga undagan barcha ishtirokchilarning ahamiyati ta'kidlandi",- degan ifodalarga o'rin berildi.

Shuningdek, deklaratsiyada xalqaro hamjamiyatning Isroilning G'azo xalqi va yordam tashkilotlariga qarshi 7 oktyabrdan beri davom etayotgan hujumlarini to'xtatish va mustahkam tinchlikka erishish uchun sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashga chaqirilgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar