Prezident Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyotiga qo‘shgan hissalari haqida gapirdi
Adolat va taraqqiyot partiyasi raisligi vazifasini ham yuritgan Prezident Erdo‘g‘an, partiyasining Kayserida uyushtirilgan mitingida xalqqa xitob qildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 21 yil ichida Turkiya iqtisodiyotiga qo‘shgan hissalari haqida gapirdi.
Adolat va taraqqiyot partiyasi raisligi vazifasini ham yuritgan Prezident Erdo‘g‘an, partiyasining Kayserida uyushtirilgan mitingida xalqqa xitob qildi.
O‘z nutqida avvalom bor yurtdoshlarini Navro‘z bayrami bilan tabriklagan Erdo‘g‘an:
“Xalqimizni, jug‘rofiyamizda Navro‘z bayramini nishonlayotgan barcha qardoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan muborak bot etaman. Markaziy Osiyodan Bolqon tuproqlariga qadar keng hududda yangi umidlar bilan nishonlanayotgan Navro‘z yaxshiliklar bilan kelsin”, - dedi.
Iqtisodiyotga to‘xtalgan Erdo‘g‘an:
“Turkiyani 21 yil ichida 3 barobarga o‘stirishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan keyingi maqsadimiz, kelasi davrda yurtimizni yana 2 barobarga o‘stirib, dunyoning eng kuchli iqtisodlari orasida munosib o‘rniga olib chiqishdir”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.