Fidan Turkiya falastinliklarni qo‘llab - quvvatlashini takrorladi
Hakan Fidan Kirshehirda, viloyat aholisi bilan uchrashdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning qayd etishicha Turkiya murakkab jug‘rofiyada, hayotni xavf ostiga qo‘yuvchi inqirozlarga qaramay o‘z mintaqasi va dunyoda tinchlik va barqarorlikni himoya qilmoqda.
Hakan Fidan Kirshehirda, viloyat aholisi bilan uchrashdi.
Iftor dasturida nutq so‘zlagan Fidan, Turkiya 21 yil ichida katta muvaffaqiyatga erishgani va bunga hamma guvoh ekanini qayd etdi.
Turkiya va Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, dunyoga tahdid solayotgan inqirozlar va urushlar oldida sog‘lom fikr yuritib, adolatli muomala qilib, vijdoniga qarab ish qilganiga e’tibor qaratgan Fidan:
“Yurtimiz va mintaqamiz ustidan o‘yin o‘ynalishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz”, - dedi.
Isroilning G‘azodagi qatliomlariga to‘xtalgan Fidan, Turkiya falastinliklarni qo‘llab -quvvatlashini takrorladi.
Hakan Fidan, G‘azoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi va insonparvarlik yordamlari yetkazib berilishi uchun hormay – tolmay mehnat qilishni davom etayotganini ta’kidladi.
Ba’zi guruhlar, G‘azodagi Isroil vahshiyliklarini ko‘rmaslikka olganini yodga solgan Tashqi Ishlar vaziri:
“Turkiya sifatida boshidan beri shuni ta’kidlab keldik. Ya’ni: Zudlik bilan G‘zoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi zarur. Insonparvarlik yordamlari hududga uzluksiz kira olishi kerak. Eng muhimi, adolat qaror topishi lozim. Falastinlik birodarlarimiz, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil davlatlariga erishishlari shart”, - deya gapirdi.