Bog‘dodda Turkiya – Iroq kun tartibidagi muhim mavzular qo‘lga olinadi
Bugun Iroq poytaxti Bog‘dodda Turkiya – Iroq kun tartibidagi muhim mavzular qo‘lga olinadi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler va Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin bugun xavfsizlik mavzusidagi muzokaralar uchun Iroq poytaxti Bag‘dodga tashrif uyushtiradi.
Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Hakan Fidan, Turkiya va Iroq o‘rtasida olib borilgan xavfsizlik mavzusidagi muzokaralarning Iroq Tashqi Ishlar vaziri Fuad Husayin mezbonligida uyushtiriluvchi yig‘ilishda ishtirok etish uchun Bag‘dodga boradi.
Iroqqa tashrif uyushtiruvchi hay’at tarkibida Hakan Fidandan tashqari Milliy Mudofaa vaziri Guler, Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Kalin va Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Munir Karalo‘g‘lu ham bor.
Yig‘ilishda ikki tomon kun tartibidagi turli mavzular, xususan, terrorga qarshi kurash, xavfsizlik va harbiy hamkorlik sohalari keng ko‘lamli qo‘lga olinishi kutilmoqda.