Mahmud Abbos bugun Turkiyaga tashrif buyuradi
Oliy martabali mehmon mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Bugun, 5 mart kuni poytaxt Anqara Oliy darajali mehmonga mezbonlik qiladi.
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos G‘azo sektori atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun bugun Anqaraga tashrif buyuradi.
Oliy martabali mehmon mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Tashrifning asosiy kun tartibi Isroilning G'azoda sodir etayotgan qirg'inni to'xtatish masalasiga bag'ishlangan.
Yetakchilar raisligida bo'lib o'tadigan muzokaralarda G'azoda o’t ochishni to’xtatish bo’yicha oxirgi vaziyat va Turkiyaning kafillik taklifi muhokama qilinadi.
Doimiy tinchlikka erishishning yagona yo'li 1967 yil chegaralarida poytaxti Sharqiy Quddus bo'lgan mustaqil va suveren Falastin davlatining barpo etilishi bilan bo'lishi mumkinligi yana bir bor ta'kidlanadi. G'azoga insonparvarlik yordamining uzluksiz yetkazilishini ta'minlash masalasi ham muhokama qilinadi.
Erdo'g’an Turkiya Falastinni qo’llab-quvvatlashini yana bir bor tilga oladi.