Erdoʻgʻan: “Tinchlikning birinchi sharti xavfsizlikdir”.
Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdoʻgʻan, partiyasining Mugʻladagi mitingida nutq soʻzladi.
Prezident Rejep Tayyib Erdoʻgʻan, mamlakatda yangi bir taraqqiyot harakatini boshlatish payida ekanliklarini qayd etdi.
Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdoʻgʻan, partiyasining Mugʻladagi mitingida nutq soʻzladi.
Turkiyani 21 yildan beri asar va xizmat siyosati bilan boshqarayotganliklarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:
“Hech qachon hech kimni chetga surmadik. Jamiyatning har qatlamiga quchoq ochdik, ularning barchasiga xizmat qildik”. - dedi.
2016 - yilning 15 - iyuldagi davlat toʻntarishi tashabbusi ortidan terrorga qarshi kurashni faqatgina mamlakat chegaralarida emas ayni vaqtda terror oʻchogʻida ham olib borishlarini e’lon qilganliklari va ijobiy natijalarga erishganliklarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:
“Xalqimiz tinchligiga hech kim xavf tugʻdira olmaydı. Yoʻlni ayni qarorlilik bilan davom etamiz”, - deya gapirdi.
Erdoʻgʻan: “Tinchlikning birinchi sharti xavfsizlikdir”. - dedi.
Prezident Erdoʻgʻan:
“Respublikamizning ikkinchi asriga munosib tarzda yangi taraqqiyot harakatini sizlar bilan birgalikda (31 - mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlarda) boshlatamiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.