Turkiya va Vengriya o'zaro savdo hajmini 6 mlrd dollarga chiqarmoqchi
Anqarada Turkiya-Vengriya Iqtisodiyot va savdo qo’shma komissiyasi yig’ilishi bo'lib o'tdi.

Kecha, 15-fevral kuni Anqarada Turkiya-Vengriya Iqtisodiyot va savdo qo’shma komissiyasi yig’ilishi bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishga Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat va Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto raislik qildi.
Yig'ilish yakunlari bo'yicha protokol imzolandi. Hujjatga Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat va Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto imzo chekdi.
Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Vengriya bilan yillik 6 milliard dollarlik savdo hajmiga qisqa vaqt ichida erishish istagini bildirdi.
2023-yilda Turkiya va Vengriya o'rtasidagi savdo hajmining ko'rsatgichlaridan mamnunligini bildirgan O'mer Bolat: "O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 4 milliard dollarga yetkazdik”,- dedi.
Uning ta'kidlashicha, joriy yilda Turkiyadan Vengriyaga tabiiy gaz eksportining boshlanishi o'zaro savdoni yanada yuqori ko'rsatkichlarga olib chiqadi.
Vazir Bolat, shuningdek havo transportida ikki davlat o'rtasidagi chastotalar sonini oshirish borasida tez orada ijobiy o'zgarishlar bo'lishini aytdi.