Prezident Erdo‘g‘an Katalin Novak bilan uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an Vengriyada Katalin Novak bilan uchrashdi

2078033
Prezident Erdo‘g‘an Katalin Novak bilan uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan hozirda Budapeshtda bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘an, vengriyalik kasbdoshi Novak bilan uchrashdi.

Ikki lider o‘rtasidagi uchrashuv matbuotga yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi.

Erdo‘g‘an mazkur uchrashuv ortidan Turkiya - Vengriya Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining oltinchi yig‘ilishi o‘tkaziluvchi Karmelita monastiriga qarab yo‘l oldi.

Prezident Erdo‘g‘anning ushbu yig‘ilish oldidan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘anning Vengriyaga bo‘lgan tashrifi, ikki davlat o‘rtasida Birinchi Jahon urushidan keyin uzilgan diplomatik aloqalarni qayta tiklash maqsadida imzolangan «Do‘stlik shartnomasi»ning 100 - yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama siyosiy, diplomatik va iqtisodiy munosabatlarning baholanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar