Fidan: "G‘arb, G‘azodagi qatliomlarning sherigidir".
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, G‘arbning G‘azodagi qatliomlarning jimjirt sherigi ekanini qayd etdi.
Hakan Fidan Ozarbayjon poytaxti Bokuda Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
“Bugun qadrdon hamkasbim bilan mintaqamizdagi muhim masalalarni ham muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik”. - degan Fidan:
“Biz eng avvalo Janubiy Kavkazdagi vaziyatlarni muhokama qildik. Sentabr oyida terrorizmga qarshi uyushtirilgan amaliyotlar orqali Ozarbayjon, Qorabog‘dagi o‘z hukmronligi va mustqilligini to‘liq o‘rnatdi. Ularni shu munosabat bilan yana bir bor tabriklayman”. – deya gapirdi.
Tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan Janubiy Kavkazning barcha ishtirokchilar manfaatiga ekanini ta’kidlagan Fidan:
“Shu bois barcha tomonlar tinchlik va normallashuv muhitini yaratishga intilishi kerak. Afsuski, G‘arbda tashkil etilgan arman diasporasi Armaniston xalqining og‘ir sharoitlaridan foydalanmoqda. Ayrim davlatlarni Ozarbayjonga qarshi provokatsiya qilishga urinmoqda. Bular bilan shug‘ullanish o‘rniga, arman xalqining qo‘shnilari bilan normal munosabatlar o‘rnatadigan muhit yaratishga kuch sarflashlari to‘g‘riroq bo‘ladi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Isroil tomonidan G‘azoda qo‘l urilgan qatliomlarining ham davom etganini ifoda etgan Fidan, Turkiya tomonidan xalqaro miqyosda olib borilayotgan faoliyatlar haqida Bayramovga ma’lumot berganini bildirdi.
Hakan Fidan,
“Islom Hamkorlik Tashkiloti va Arab ligasining qoʻshma sammitida urushni toʻxtatish va doimiy tinchlik oʻrnatish uchun xalqaro miqyosda tashabbus koʻrsatish haqida qaror qabul qilingandi. Tashqi ishlar vazirlari sifatida biz oxirgi marta Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada uchrashuvlar o‘tkazdik. Ertaga ham Osloda Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Daniya, Islandiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg rasmiylari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lamiz. Falastinni adolatli kurashida qo‘llab – quvvatlashimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”. – dedi.
Hozirda G‘azodagi otashkesim bilan qatliom o‘rtasida faqatgina AQSh turganini ta’kidlagan Hakan Fidan:
“Biz bilan xalqaro hamjamiyatning munosabati ochiq – oydin o‘rtada. Falastinliklarga qarshi qo‘l urilgan zulm to‘xtashi va darhol otashkesim e’lon qilinishi lozim. Tinchlik jarayoni boshlashi shart”. – deya gapirdi.
“Umid qilamizki Falastin masalasida BMTning Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga AQSh bundan buyon monelik qilmaydi”. –degan Hakan Fidan:
“G‘azodagi fojiadan ham yomoni shundaki, fazilatli ekanliklari bilan mahtangan G‘arb davlatlarining bu qatliomni jimjirt tomosha qilib, unga o‘rtoq bo‘lishidir. Shunday ekan tezlik bilan xalqaro hamjamiyat zimmasiga tushgan vazifani bajarishi kerak. Muammoni ikki davlat asosida hal qilinishi uchun kerakli faoliyatlar boshlatilishini istaymiz”. – deya gapirdi.
Aloqador xabarlar

Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi
Ukraina Prezidenti Zelenskiy ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun Turkiyaga keldi.