G‘azodan Istanbulga jami 1047 kishi evakuatsiya qilindi
Joriy yilning 8 - oktabridan beri G‘azodan Istanbulga jami 1047 kishi evakuatsiya qilindi.
Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi O‘nju Kecheli, 8 - oktabrdan beri G‘azodan 1047 nafar Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) fuqarosi va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.
Kecheli, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida:
“8 - oktabrdan beri G‘azodan 1047 nafar Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) fuqarosi va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilindi. Ular, chegara darvozasining Misr tomonida diplomatlarimiz tomonidan kutib olindi. Ortidan quruqlik orqali Qohiraga, u yerdan esa havo yo‘li orqali Istanbulga olib kelinmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kecheli, evakuatsiya uchun kutayotgan fuqarolar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib, tegishli idoralar bilan muvofiqlashtirilganini qayd etdi.
O‘nju Kecheli G‘azodagi barcha Turk fuqarosini eng qisqa vaqtda, xavfsizlik ostida evakuatsiya qilish niyatida ekanliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Aloqador xabarlar
Yashar Guler bugun John Bass bilan uchrashdi
Yashar Guler bilan NuhYilmaz bugun John Bass bilan uchrashdi.