Altun Prezident Erdoʻgʻanning Germaniyadagi bayonotlarini baholadi

Altun, ijtimoiy tarmoq hisobidagi postida Prezident Erdoʻgʻanning juma kuni Germaniyada bergan bayonotlarini baholadi.

2066018
Altun Prezident Erdoʻgʻanning Germaniyadagi bayonotlarini baholadi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, nafaqat Falastin balki butun dunyodagi zulmga qarshi munosabat bildirgan Prezident Rejep Tayyib Erdoʻgʻanning chizgan yoʻlida dunyo tinchligi uchun faoliyat yuritishni davom etishlarini bildirdi.

Altun, ijtimoiy tarmoq hisobidagi postida Prezident Erdoʻgʻanning juma kuni Germaniyada bergan bayonotlarini baholadi.

Prezident Erdoʻgʻanning qachon, qayerda va kim boʻlishidan qat’iy nazar haqiqatni aytishdan aslo tortinmaganini bildirgan Altun, Germaniyadagi nutqi bilan dunyodagi tinchlik, adolat va haqiqatning eng muhim namoyandalaridan biri ekanini yana bir bor yaqqol koʻrsatganini qayd etdi.

Faxrettin Altun shuningdek:

“Nafaqat Gʻazo bilan Falastin balki dunyoning har nuqtasida sodir boʻlgan zulm va adolatsizliklarga qarshi hisob - kitobdan yiroq, xolis ravishda munosabat bildirgan, fidoyilik bilan kurashayotgan muhtaram prezidentimiz chizgan va ilgari surgan yoʻlda dunyo tinchligi uchun mehnat qilishni davom etamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar