Turkiya, Isroil Bosh vaziri Netanyahuning Toyyib Erdo’g’an haqidagi so’zlariga munosabat bildirdi
Turkiya, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Tashqi ishlar vaziri Eli Koenning Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an haqidagi so’zlariga munosabat bildirdi.

Turkiya, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Tashqi ishlar vaziri Eli Koenning Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an haqidagi so’zlariga munosabat bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi, “Isroil Bosh vaziri Netanyahu va Isroil Tashqi ishlar vaziri Koenning Prezident Erdog’anga nisbatan asossiz tuhmatlari” mavzusida yozma bayonot berdi.
Bayonotda, Falastin xalqiga qarshi qilgan "zulm va qirg'inlar bilan tarixning qora sahifalariga kirgan" Isroil rasmiylarining qonun haqida gapirishga haqqi yo'qligi ta'kidlandi.
“Haqiqatning ifodalanishidan bezovta boʻlgan Benyamin Netanyaxu va Eli Koenning Prezidentimizga nisbatan asossiz tuhmatlari, o‘z jinoyatlarini yashira olmaydi”, — deyiladi bayonotda.
“Insoniyat vijdoni oldida qonuniyligini allaqachon yoʻqotgan Isroil hukumati butun dunyo koʻzi oldida shifoxonalarni bombardimon qilib ayollar va bolalarni o'ldirish orqali sodir etgan jinoyatlarini yashira olmaydilar va e'tiborni chalg'ita olmaydilar".
Bayonotda quyidagilar ham qayd etilgan:
“Dunyo jamoatchiligida chuqur gʻazabga sabab boʻlgan insoniyatga qarshi jinoyatlarning tashabbuskorlari va ijrochilari ertami-kechmi sudlanadi. Turkiya G’azodagi qirg’inga qarshi turishda va Falastin xalqining adolatli da’vosini qo’llab-quvvatlashda davom etadi” dedi.