Falastin muammosini hal qilish uchun Turkiya xalqaro platformadagi kurashini davom ettiradi

Prezident Erdo‘g‘an kecha Ismoil Haniye bilan telefon orqali muloqot qildi.

2054126
Falastin muammosini hal qilish uchun Turkiya xalqaro platformadagi kurashini davom ettiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Hamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniye bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqoqt chog‘ida, G‘azodagi oxirgi vaziyat va yuz bergan jarayon muhokama qilindi.

Prezident Erdo‘g‘an unda Turkiya insonparvarlik yordamlarining G‘azoga yetib borishi va zarur hollarda tan jarohati olganlarning Turkiyada davolana olishi shuningdek, mintaqada tezlik bilan otashkesim e’lon qilinishi uchun chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

1967 - yil chegaralari asosida poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlati tuzilmay turib Isroil - Falastin muammosi hal bo‘lmasligini ta’kidlagan Prezident Erdo‘gʻan, muammo butunlay hal bo‘lishi uchun Turkiyaning xalqaro platformada kurash olib borishni davom etishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar