Fidan Maykl Shpindelegger bilan ham uchrashdi
Hakan Fidan poytaxt Anqarada diplomatik uchrashuvlar o‘tkazdi.
2045879
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan poytaxt Anqarada diplomatik uchrashuvlar o‘tkazdi.
Vazirlik tomonidan mavzu haqida X ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda, Fidanning diplomatik uchrashuvlari borasida ma’lumot berildi.
Shunga ko‘ra Hakan Fidan, Suriya muxolif va inqilobiy kuchlari milliy koalitsiyasi raisi Hadi al - Bahra, Suriya muzokara komissiyasi raisi Bedir Jamus va Suriya Muvaqqat hukumati rahbari Abdurahmon Mustafani qabul qildi.
Fidan shuningdek, Xalqaro Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi bosh direktori Maykl Shpindelegger bilan ham uchrashdi.