Erdo'g'an Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart-To'qayev bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Turkiya-Qozog'iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2045165
Erdo'g'an Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart-To'qayev bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart-To'qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya-Qozog'iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, yetakchilar noyabr oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi sammiti kun tartibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar