Turkiya Kosovodagi hujumni qoraladi
Turkiya Kosovo shimolida asosan serblar istiqomat qiladigan Banjskada bir politsiya xodimining o'limiga sabab bo'lgan hujumni qoraladi.

Turkiya Kosovo shimolida asosan serblar istiqomat qiladigan Banjskada bir politsiya xodimining o'limiga sabab bo'lgan hujumni qoraladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi, elchi Tanju Bilgich, mavzuga oid yozma bayonotida:
Hodisa Kosovo shimolidagi serblar ko‘p bo‘lgan Zveçan munitsipalitetiga qarashli Banjska qishlog‘ida sodir bo‘lib, natijada kosovolik politsiyachi halok bo‘ldi va ko'plab politsiya xodimlarini yaralagan hujumni qoralaganliklarini bildirdilar.
Turkiyaning Pristinadagi elchixonasi, so'zlagan hujumni qoralagan bayonot berganligini ifoda etgan Tanju Bilgich, yaradorlarga tezroq shifo tilaganliklarini bildirdi.
Bilgich, mintaqada taranglikning kuchayishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha tomonlarning vazminlik bilan harakat qilishlari va zo'ravonlikdan qochishlari shart ekanini ta'kidladi.
Kosovo va mintaqada doimiy tinchlik va barqarorlikni ta'minlashning yagona yo'li muloqot ekanligini ta'kidlagan Bilgich, Turkiyaning muloqot jarayonini qo'llab-quvvatlashga davom etishini qayd etdi.
Kecha ertalab Banjskada transport qatnovini to‘sib qo‘ygan qurollangan serblar politsiyaga qarata o‘t ochishi oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi.