Erdo‘g‘an Naxchivan avtonom respublikasiga tashrif buyurdi
Turkiya yetakchisi Erdo'g'an tashrif doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatni, mintaqaviy va xalqaro vaziyatni muhokama qiladi.

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun, 25 sentyabr kuni Naxchivan avtonom respublikasiga tashrif buyurdi.
Safar davomida Turkiya yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatni, mintaqaviy va xalqaro vaziyatni muhokama qiladi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari Qorabog‘dagi so‘nggi voqealar va “separatistlarni qurolsizlantirish jarayoni”ni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Shuningdek, kun tartibida Armanistonning Syunik viloyati orqali Naxchivan va Ozarbayjonni bog‘laydigan Zangezur yo‘lagi masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Yo‘lak 2020 yilning noyabr oyida uch tomonlama shartnoma imzolanganidan keyin ishga tushishi kerak edi, biroq u bo‘yicha kommunikatsiyalar ochilmagan.
Ma’lumot uchun, Naxchivan Ozarbayjonning qolgan qismidan Armaniston hududi bilan ajratilgan eksklav hisoblanadi.
Eslatma: 19 sentyabr kuni Qorabog‘da navbatdagi keskinlik boshlandi. Baku “lokal xususiyatga ega aksilterror tadbiri” boshlangani to‘g‘risida bayonot berdi va mintaqadan arman harbiylari olib chiqib ketilishini talab qildi. Yerevan esa Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlari vakillari yo‘qligini ma’lum qilgan.
Aloqador xabarlar

Erdo‘g‘an bilan Guterrish Isroilning G‘azodagi hujumlarini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Antonio Guterrish telefon orqali muloqot qildi.