Hakan Fidan bilan Guterrish Kipr masalasini ham muhokama qildi
Hakan Fidan Nyu - Yorkda Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Vazirlik tomonidan X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Fidan, hozirda BMT Bosh Assambleyasining 78 - sessiyasi doirasida Nyu – Yorkda. U shu fursatdan foydalanib, BMT Bosh kotibi Guterrish bilan uchrashdi.
Hakan Fidan Guterres bilan bo‘lgan uchrashuvida Ukrainadagi oxirgi vaziyatlar, Qora dengiz don tashabbusi va Kipr masalasini muhokama qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Matbuot xizmati kotibi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda esa, Guterrishning BMT va Turkiya o‘rtasidagi yaqin hamkorlik hamda Turkiyaning Qora dengiz don tashabbusi bilan bir qatorda Ukrainadagi urushning global oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan sa’y - harakatlarini yuqori baholagani qayd etildi.
Antoniu Guterrish va Hakan Fidan shuningdek, Suriyadagi vaziyat bilan Kipr masalasini ham qo‘lga olganliklari ifoda etildi.