Jahon matbuoti Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlariga e'tibor qaratdi
Londonda nashr qilinadigan "The Economist" jurnali Turkiyaning bu sohadagi yutuqlariga keng o'rin berdi.

Turkiyaning mudofaa sanoatidagi muvaffaqiyatlari jahon matbuotining e’tiborini tortishda davom etmoqda.
Londonda nashr qilinadigan "The Economist" jurnali Turkiyaning bu sohadagi yutuqlariga keng o'rin berdi.
Jurnaldagi “Dunyoning yangi qurol ishlab chiqaruvchilari bilan tanishing” sarlavhali maqolada,“Turkiyaning qurol-yarog‘ sotuvchilari rivojlangan davlatlarni mudofaa mahsulotlari eksportiga putur yetkazmoqda”, — degan ifodalarga o'rin berildi.
"The Economist" shuningdek, Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti SIPRIning 2022 yilgi hisobotini ham kiritdi.
SIPRI hisobotiga ko'ra, Turkiyaning qurol eksporti 2018-2022 yillarda oldingi besh yillik davrga nisbatan 69 foizga oshgan va jahon qurol bozoridagi ulushi ikki barobarga oshgan.
Tahlilda Turkiyaning 2023 yildagi qurol eksporti bo'yicha ko'zlagan maqsadi 6 milliard dollar ekanligiga ham diqqat qaratildi.
Aloqador xabarlar

Erdo'g’an Dubayda BAA prezidenti va BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda mintaqaviy va global o'zgarishlar hamda G'azodagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.