Prezident Erdo’g’an AQShda ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham Turkiyaning xalqaro sarmoyadorlar uchun xavfsiz boshpana bo’lishda davom etganiga urg’u berdi.

2040227
Prezident Erdo’g’an AQShda ishbilarmonlar bilan uchrashdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham Turkiyaning xalqaro sarmoyadorlar uchun xavfsiz boshpana bo’lishda davom etganiga urg’u berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 78-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo’lgan Erdog’an.

Turk-Amerika Ishbilarmonlar Kengashi (TAIK) tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatda ish dunyosi vakillari bilan uchrashdi.

Ma’ruzasida O’rta muddatli dasturga to’xtalgan Erdo’g’an, iqtisodiy islohotlarning qat’iyat bilan davom etishini bildirdi.

Erdo'g'an, turk lirasining xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlanganini bildirdi. Moliyaviy barqarorlikka urg’u bergan Prezident, investorlarni Turkiyaga taklif qildi.

Prezident,

“Turkiya siyosiy barqarorligi, bilimli ishchi kuchi, yosh aholi, katta ichki bozor va mintaqaviy bozorlarga kirish imkoniyati, strategik joylashuvi va zamonaviy logistika infratuzilmasi bilan xalqaro investorlar uchun xavfsiz boshpana boʻlishda davom etmoqda.

“Biz mintaqa davlatlari bilan yoʻlga qoʻygan yaqin muloqotimiz tufayli bu pozitsiyamizni yanada mustahkamlaymiz”. u aytdi.

Tashqi siyosatga murojaat qilgan Erdo’g’an, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi (YI) a’zolik jarayonidagi majburiyatlarini bajarishda davom etishini aytdi.

Prezident,

Oldimizga qo‘yilgan to‘siqlar va 60 yil davomida duch kelgan adolatsizliklarga qaramay, biz hali ham Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lish maqsadimizni saqlab qolamiz”. dedi u.

Prezident Erdo’g’an, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi uchrashuvlarini yakunlab, AQShni tark etdi.

 



Aloqador xabarlar