Hakan Fidan Ylva Johansson bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Ylva Johansson bilan uchrashdi.

2040329
Hakan Fidan Ylva Johansson bilan uchrashdi
hakan fidan-iit.jpg
ab komiseri ylva johansson-fidan.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Nyu – York shahridagi Turk uyida, Yevropa ittifoqi komissiyasining Ichki ishlaridan mas’ul a’zosi Ylva Johansson bilan uchrashdi.

Tashqi Ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida ma’lumot bo‘lishildi va unda:

“Vazirimiz Hakan Fidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi paytida Turk uyida Yevropa ittifoqi Ichki ishlar komissari Ylva Johansson bilan uchrashdi. Unda, vizasiz rejim va noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash muhokama qilindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra Hakan Fidan, Islom Hamkorlik Tashkilotining Yevropadagi musulmonlar aloqa guruhi yig‘ilishida ham ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turk uyi , #Ylva Johansson

Aloqador xabarlar