Erdo‘g‘an: Turkiya Ozarbayjonni chin dildan qo‘llab – quvvatlaydi
Prezident Erdo‘g‘an bilan lhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.
2040346

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqot chog‘ida Erdo‘g‘an, Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘da Armaniston qurolli kuchlariga qarshi uyushtirgan va o‘q uzishni to‘xtatish bilan natijalangan anti – terror amaliyoti haqida kasbdoshi Aliyevdan ma’lumot oldi.
Prezident Erdo‘g‘an Aliyevga, Turkiyaning Ozarbayjonni chin dildan qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ifoda etdi.
Ikkala lider uchrashuvda Turkiya va Ozarbayjonni yaqindan qiziqtirgan mintaqaviy masalalar ustidan ham fikr almashdi.