Erdo'g’an Nyu-Yorkda Isroil Bosh vaziri Netanyahuni qabul qildi
Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar va Isroil-Falastin mojarosiga doir so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Nyu-Yorkdagi Turk uyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuni qabul qildi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabat, Isroil – Falastin inqirozidagi oxirgi voqealar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Uchrashuv chog‘ida Turkiya yetakchisi mamlakatining Isroil bilan energetika, texnologiya, innovatsiya, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik qilishi mumkinligiga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar dunyoda tinchlik uchun birga harakat qilmog‘i kerak.
Isroil hukumati matbuot xizmati xabarida Netanyahudan “bizning aloqalar mustahkamlanmoqda” iqtibosi keltirilgan.
"BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashdik",-deb yozdi Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqda.
Prezident Erdo'g’an Nyu-Yorkda Italiya Bosh vaziri Giorgia Melonini ham qabul qildi.
Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi aloqalar, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni, mintaqaviy muammolar, Rossiya-Ukraina urushi bo'yicha so'nggi vaziyat, Qora dengiz don yo’lagi tashabbusining kelajagi va ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Prezident Erdo'g’an, ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish uchun Iqtisodiyot va savdo qo’shma qo’mitasi va Biznes forumining eng qisqa vaqt ichida o’tkazilishi kerakligini ta’kidladi.
Erdo'g'an X ijtimoiy tarmog'i orqali bergan bayonotida, uchrashuvning ko'p sohada kuchli hamkorlikka ega bo'lgan Turkiya-Italiya munosabatlari uchun foydali bo'lishiga tilak bildirdi.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va turmush o'rtog'i tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari va turmush o’rtoqlari sharafiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi.
Aloqador xabarlar

Erdo'g’an Dubayda BAA prezidenti va BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda mintaqaviy va global o'zgarishlar hamda G'azodagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.