Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi

Uchrashuvda Prezident tadbirkorni Turkiyada yettinchi Tesla elektromobil ishlab chiqarish zavodini ochishga chaqirgan.

2038615
Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda tadbirkor Ilon Mask bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti huzuridagi aloqalar boshqarmasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

“Prezidentimiz janob Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi Turklar uyida Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Prezident tadbirkorni Turkiyada yettinchi Tesla elektromobil ishlab chiqarish zavodini ochishga chaqirgan.

Erdo‘g‘an Turkiyaning kosmik dasturi doirasida mamlakatning SpaceX bilan hamkorligi potensial rivojlanishini ta’kidlagan va Maskni sentyabr oyi oxirida Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadigan texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Prezident Maskga Turkiyani raqamlashtirish konsepsiyasi va sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiya haqida ham gapirib bergan.

Ma’lumot uchun, bu Turkiya rahbari va amerikalik tadbirkorning birinchi uchrashuvi emas. O‘tgan yil oxirida ular Qatarda jahon chempionatining final uchrashuvida suhbatlashgan.

Suhbat tafsilotlari esa ma'lum qilinmagan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an , #Ilon Mask

Aloqador xabarlar