AQSh Turkiyani o'zining eng qimmatli ittifoqchisi deb biladi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller kundalik matbuot anjumanida ma'lum qildi.

2037676
AQSh Turkiyani o'zining eng qimmatli ittifoqchisi deb biladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiyani o'zining eng qimmatli ittifoqchisi deb biladi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller kundalik matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Turkiya hukumati bilan konstruktiv va yaqin aloqalarimiz mavjud. Turkiya biz uchun qimmatli ittifoqchidir",-deydi u.

U shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden Hindistonda bo'lib o'tgan G20 Sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashganini eslatdi. 

AQSh Moliya vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi (OFAC) Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush olib borish salohiyatini zaiflashtirish maqsadida Rossiya elitasini, Rossiyaning sanoat bazasini, moliya institutlarini va texnologiya yetkazib beruvchilarini nishonga oldi va bu doirada, Turkiyada joylashgan 3 shirkat va Rossiyani sanksiyalardan qochishda qo'llab-quvvatlagan bir Turkiya fuqarosi ham sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar