Erdo‘g‘an: Shu kunlarda Qorabog‘da tashlanayotgan qadamlar to‘g‘ri emas

Prezident Erdo‘g‘an, G - 20 Liderlar sammiti bilan bog‘liq xalqaro matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

2035324
Erdo‘g‘an: Shu kunlarda Qorabog‘da tashlanayotgan qadamlar to‘g‘ri emas

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Qorabog‘da shu kunlarda tashlanayotgan qadamlarning to‘g‘ri emasligini qayd etib:

“Mintaqani (Qorabog‘ni) tinchlantirishga chaqirishdan boshqa choramiz yo‘q”, - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, G - 20 Liderlar sammiti bilan bog‘liq xalqaro matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an, Armaniston - Ozarbayjon chegarasidagi oxirgi vaziyatlar haqida:

“Ertaga katta ehtimol bilan janob (Armaniston Bosh vaziri Nikol) Pashinyan bilan uchrashaman. Mintaqani (Qorabog‘ni) tinchlantirishga chaqirishdan boshqa choramiz yo‘q. Shu kunlarda Qorabog‘da tashlanayotgan qadamlar to‘g‘ri emas. Buni qabul qilish imkonsiz. Aslida Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar ham buni qabul qilmayapti”. – deya gapirdi.

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida, vaqtincha rus kuchlari joylashtirilgan mintaqalardagi noqonuniy arman kuchlari, oxirgi paytlarda mavze qazish va istehkom ishlarini kuchaytirgandi.



Aloqador xabarlar