Erdo‘g‘an: Don masalasida Rossiyani chetlab o‘tuvchi jarayonning barqaror bo‘lish ehtimoli kam
Prezident Erdo‘g‘an, Hindiston poytaxti Dehlida o‘tkazilgan G - 20 Liderlar sammiti bilan bog‘liq xalqaro matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tez kunlarda oziq - ovqat xavfsizligi bo‘yicha ish guruhi bilan yig‘ilish o‘tkazishlarini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an, Hindiston poytaxti Dehlida o‘tkazilgan G - 20 Liderlar sammiti bilan bog‘liq xalqaro matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Don masalasida Rossiyani chetlab o‘tuvchi jarayonning barqaror bo‘lish ehtimoli kam ekanini bildirgan Erdo‘g‘an:
“Global oziq - ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shish uchun tez kunlarda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ishchi guruhini chaqiramiz”. – dedi.
Shuningdek, “Qora dengizdagi osoyishtalikni buzuvchi va mintaqadagi taranglikni kuchaytiruvchi har qanday qadamlardan qochish kerak degan fikrdamiz”. – deya gapirdi.
Prezident Erdo‘g‘an, turli mamlakatlarda Qur‘on – i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida esa:
“Qur’on - i Karimni politsiya himoyasida yoqish ochiq-oydin provokatsiya, nafrat jinoyatidir. Bu borada jim turishimizni hech kim kutmasin. Mamlakatimizning takliflari va sa’y-harakatlari bilan G - 20 deklaratsiyasida muqaddas kitoblarga qilingan hujum ham qoralandi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Erdo‘g‘an, Islomga nisbatan dushmanlik kuchaygan barcha davlatlar bundan buyon yana - da qat’iyroq siyosat yuritishi kerakligiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an, Shvetsiyaning NATO a’zoligi haqida esa:
“Turkiya Buyuk Millat Majlisida shunday qaror qabul qilinmaguncha, mening maqullashim imkonsiz”. – deya gapirgan Erdo‘g‘an:
“(Liderlar sammitida) Janob (AQSh Prezidenti Jo) Bayden bilan tasodifiy boʻlsa - da uchrashdik. U yerda (Turkiyaning) F - 16 masalasini ham muhokama qildik. Afsuski doʻstlar F - 16 bilan bog‘liq «Shvetsiya» deyishmoqda. Bu yondashuv bizni jiddiy ma’noda ranjitmoqda”. – deya gapirdi.
O‘z nutqida Turkiyaning Yevropa ittifoqi a’zoligiga ham to‘xtalgan Prezident Erdo‘g‘an:
“Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar bizni 50 yildan beri chalg‘itib kelmoqda, vaziyat bugun ham huddi shunday. Ular bizni chalg‘itsa ham, chalg‘itmasa ham Turkiya Turkiyadir. Biz yo‘limizni davom ettiramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an Istanbulda Kosovo Prezidenti Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashuv o‘tkazdi.