Turkiya savdo vaziri O’mer Bolat Yevropa Ittifoqi mulozimi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Bojxona ittifoqini yangilash, YeI bilan qo‘shma loyihalar, ayniqsa yashil transformatsiya, ushbu sohalarda Yevropa Ittifoqi bilan moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2033935
Turkiya savdo vaziri O’mer Bolat Yevropa Ittifoqi mulozimi bilan uchrashdi

 

Turkiya Savdo vaziri O’mer Bolat poytaxt Ankarada Yevropa Ittifoqining kengayishdan mas'ul komissari Varhelyi bilan uchrashdi.

Yetakchilar Turkiya va Yevropa Ittifoqining ijobiy kun tartibi davom etayotgani haqidagi qat'iylikni tasdiqladi.

Turkiya Savdo vaziri O’mer Bolat Yevropa Ittifoqining ayniqsa, turk ishbilarmonlarining viza jarayonlarini osonlashtirish uchun boshlagan aniq dasturidan juda xursand ekanligini bildirdi.

“Uchrashuvda biz Bojxona ittifoqini yangilash jarayoni, YeI bilan qo‘shma loyihalarimiz, ayniqsa yashil transformatsiya, ushbu sohalarda Yevropa Ittifoqi bilan moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik muzokaralarini boshlash uchun umumiy muhokama mavzularimizni muhokama qildik. Oktyabr oyida savdo ishchi guruhi yig'ilishlarida texnik darajadagi ishlar boshlanadi. Turkiyaning eng katta savdo sherigi Yevropa Ittifoqi bilan tijoriy va iqtisodiy hamkorlikni o’zaro qadamlar bilan yuqori darajaga olib chiqamiz” dedi Turkiya Savdo vaziri.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar