Izmir sohilidan uzoq nuqtadagi noqonuniy muhojirlar qutqarildi

Izmir sohilidan uzoq nuqtada chorasiz qolgan noqonuniy muhojirlar qutqarildi.

2027056
Izmir sohilidan uzoq nuqtadagi noqonuniy muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining Dikili, Menderes, Cheshme va Focha tumanlari sohilidan uzoq nuqtada 125 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi, 47 nafari qo‘lga olindi.

Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi tomonidan mavzu haqida internet sahifasi orqali berilgan bayonotga ko‘ra Dikili va Menderes tumanlari sohilidan uzoq nuqtada, puflangan qayiqlar ichida, noqonuniy muhojirlar borligi haqida xabar olingan. Ko‘p o‘tmay mintaqaga Sohil Xavfsizlik xodimlari yuborilgan.

Natijada, Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarilgan qayiqlardagi 125 nafar noqonuniy muhojir qutqarilgan.

Cheshme va Focha tumanlari sohilidan uzoq nuqtada ham Sohil xavfsizlik guruhlari tomonidan puflangan qayiqlarda bir guruh muhojir borligi aniqlangan.

Ushbu xodimlar to‘xtatgan qayiqlardagi 47 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olingan.

Noqonuniy muhojirlar kerakli ish tartibi ortidan viloyatdagi migratsiya boshqarmasiga topshirilgan.



Aloqador xabarlar