Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Xalqaro Rivojlanish va Migratsiya Konferentsiyasiga qatnashdi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini, buni O'rtayer dengizi mamlakatlari boshdan kechirgan umumiy muammo deb baholadi.

2015076

Vazir Fidan, kecha Rimda Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni mezbonligida bo'lib o'tgan Xalqaro Rivojlanish va Migratsiya Konferentsiyasiga qatnashdi.

Matbuotga yopiq o’tkazilgan anjumanda Vazir Fidan ham nutq so’zladi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Fidan tartibsiz ko'chishning O'rta yer dengizi mamlakatlari boshdan kechirgan umumiy sinov ekanligini ta'kidlab, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Immigratsiyani to'xtatishning ahamiyatiga diqqat qaratgan vazir Fidan, buning uchun mojarolar va iqtisodiy muammolarni bartaraf etish kerakligini ta'kidladi.

Tashqi ishlar vaziri Fidan davlatlar o’rtasida yuk bo’lishining ahamiyatini ta’kidlar ekan, barcha davlatlarni ksenofobiya va nafrat jinoyatlarining oldini olishga va inson qadr-qimmatini himoya qilish uchun bag’rikenglik madaniyatini rivojlantirishga chaqirdi.

Aloqador xabarlar