Hakan Fidan O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi
Vazirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibining barcha yo‘nalishlarini yana-da faollashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 5 iyul kuni Ozarbayjonda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, vazirlar har qachongidan ham keng bo‘lgan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibining barcha yo‘nalishlarini yana-da faollashtirish yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash yo‘lida izchil faoliyat yuritishi alohida taʼkidlandi.
Eslatma: Kecha, 5 iyul kuni Bakuda Qo‘shilmaslik harakati muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda a'zo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari va vazir o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Jumladan, mazkur yig'ilishda Turkiya TIV rahbari Hakan Fidan qatnashmoqda.
Qo‘shilmaslik harakati 120 ta davlatni birlashtirgan bo‘lib, unda 17 ta davlat va 10 ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega. Harakatning 2019 yil 25-26 oktyabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng, Ozarbayjon 2019-2022 yillarda unga raislikni qabul qildi. Keyinchalik mamlakat raisligi yana bir yilga uzaytirildi. O‘zbekiston ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan.
Aloqador xabarlar

Altun: «Isroilning yuzlab yolg‘onini fosh qildik».
Faxrettin Altun, «TRT World Forum 2023» ochilishida so‘zlagan nutqida dezinformatsiyaga to‘xtaldi.