Erdo'g‘an Hafize Gaye Erkanni Turkiya Markaziy bankining yangi rahbari etib tayinladi
Bu haqdagi prezident Farmoni bugun rasmiy gazetada e’lon qilindi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an Hafize Gaye Erkanni respublika Markaziy bankining yangi rahbari etib tayinladi.
Bu haqdagi prezident Farmoni bugun rasmiy gazetada e’lon qilindi.
Markaziy bankning sobiq rahbari Shahop Kavjio‘g‘lu bundan buyon bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish kengashiga rahbarlik qiladi.
Hafize Gaye Erkan mamlakat Markaziy bankini boshqaradigan ilk ayolga aylandi. U Prinston universitetida moliya mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan, Garvard va Stenford universitetlarida moliya sohasida qo‘shimcha ta’lim olgan.
“Goldman Sachs” investitsiya bankida ishlagan, “First Republic Bank” boshqaruvi a’zosi bo‘lgan.
Mahalliy matbuot yozishicha, Erkanning tayinlanishi yangi moliya vaziri Mehmet Shimshek bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unga mamlakat iqtisodiyotida tartib o‘rnatish vazifasi topshirilgan.