Erdo‘g‘anning kitobi Rossiya muftiylar kengashi prezidentiga taqdim etildi
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning “Adolatli dunyo bo‘lishi mumkin” nomli kitobi rus tilida chop etildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning “Adolatli dunyo bo‘lishi mumkin” nomli kitobi rus tilida chop etildi.
Uni Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi va Rossiya muftiylar kengashi prezidenti Ravil Gaynutdinga topshirdi. Elchi Samsar Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasiga tashrif buyurib, Gaynutdin bilan uchrashdi. Erdog’anning kitobini Gaynutdinga sovg’a qilgan Samsar, Prezidentning missiyasining yanada adolatli, davomli va barqaror tinchlik o’rnatish ekanini aytdi. U har fursatda Birlashgan Millatlar Tashkilotida (BMT) ba'zi o'zgarishlar kiritilishi mumkinligi haqidagi fikrni bildirganini eslatdi. Samsar, Erdo'g'anning o'zi bu fikrlarni kitob holiga keltirganini va bu kitobning rus tiliga ham tarjima qilinganini bildirdi.
Erdog’an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2015-yilda Moskva markaziy masjidining ochilish marosimini o’tkazganliklarini eslatgan Gaynutdin: Rossiyadagi 25 million musulmon nomidan biz uni bu yerga taklif qilamiz va uni ko‘rishni istaymiz”, deya qayd etdi.