Erdo‘g‘an Yevrokengash rahbari Mishel bilan muloqot qildi
Yetakchilar suhbat chog'ida Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Yevropa Kengashi rahbari Charles Mishel Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezidentlik Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Yevrokengash rahbari Mishel suhbat avvalida Erdo'g'anni qayta prezident etib saylangani munosabati bilan tabrikladi.
Yetakchilar suhbat davomida Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Erdo’g’an Turkiyaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish borasida ko’rsatiladigan adolatli munosabat va to’liq a’zolik istiqbolini qo’llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarda yangi ufqlar ochishini aytdi.
Prezident shuningdek, Yevropa uchun katta strategik ahamiyatga ega bo’lgan Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to’laqonli a’zoligi doirasida, aniq va ijobiy kun tartibi bilan barcha darajadagi aloqalarni oshirish zarurligini aytdi.
Bojxona ittifoqini yangilash, vizani liberallashtirishni ta'minlash, immigratsiyani boshqarish va terrorizmga qarshi kurash sohalarida hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratgan Erdo'g'an, Turkiyaga ko'rsatiladigan adolatli munosabat va to'liq a'zolik istiqbolini qo'llab-quvvatlash munosabatlarda yangi ufqlar ochishini ta'kidladi.