Hakan Fidan Shvetsiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom Hakan Fidanni Turkiya tashqi ishlar vazirligiga rahbar etib tayinlangani munosabati bilan tabriklab, mas’uliyatli vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom bilan telefon orqali muloqot qildi.
Billstrom suhbat avvalida Hakan Fidanni Turkiya tashqi ishlar vazirligiga rahbar etib tayinlangani munosabati bilan tabriklab, mas’uliyatli vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Yetakchilar suhbat chog’ida Shvetsiyaning NATOga a'zo bo’lish masalasini muhokama qildi.
Hakan Fidan Shvetsiya NATOga a’zo bo’lish uchun aniq qadamlar tashlashi kerakligini eslatdi.
TIV rahbarlari shuningdek, doimiy qo'shma mexanizm yig'ilishidan keyin yana aloqa o'rnatishga kelishib oldilar.
Eslatma: Turkiya Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo’lishiga veto qoʻygandi. Rasmiy Anqara terror tashkilotlarini ochiqdan-ochiq qo'llab-quvvatlagan Shvetsiyadan terrorizmga qarshi kurashda aniq qadamlar tashlashini kutmoqda.