Prezident Erdo’g’an yangi vazirlar mahkamasi bilan ilk yig’ilishini o’tkazdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifini yana Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etamiz dedi.

1996325
Prezident Erdo’g’an yangi vazirlar mahkamasi bilan ilk yig’ilishini o’tkazdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifini yana Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etamiz dedi.

Erdo’g’an kecha prezidentlik majmuasida yangi vazirlar mahkamasi bilan ilk yig’ilishini o’tkazdi.

Uchrashuvdan so'ng bayonot bergan Erdo'g'an,  lavozimga boshlash marosimining shanba kuni Turkiya va xorijdan 5 mingdan ortiq mehmon ishtirokida o'tkazilganini eslatdi.

– Ayniqsa, xorijdan kelgan ishtirokchilarning saviyasi va soni nihoyatda yuqori bo‘lgani bizni mamlakatimiz nomidan g‘ururlantirdi, – dedi u.

Erdo'g'an, qiyin kunlarda ham, baxtli kunlarda ham har doim qo'llab-quvvatlagan Turkiyaning haqiqiy do'stlariga mamlakat va millat nomidan minnatdorchilik bildirdi.

"Ma'lum bo'lishini istardimki, biz ularning minglab kilometr uzoqlikdan kelib ko'rsatgan mehribonligini hech qachon unutmaymiz". degan ifodaga o’rin berdi.

Yangi davrda xalqqa bergan barcha va’dalariga amal qilishlarini ifoda etgan Erdog’an, saylovlar oldidan kun tartibiga olib kelgan konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifini parlamentning ixtiyoriga ko’ra qaytadan taqdim etishlarini aytdi.

Energiya harakatlarini davom ettirishlarini izohlagan Erdog’an, sarmoya, ishlab chiqarish, eksport, bandlik va o’sishda hech qanday ta’sir ko’rsatmasdan Turkiya iqtisodiyotini yanada kuchaytiramiz deb ta’kidladi.

Prezident,

"Biz inflyatsiyadan kelib chiqqan o'ta yuqori narx muammosini barcha jihatlari bilan mamlakatimiz kun tartibidan olib tashlashga qaror qildik." dedi.

Erdog'an, urushdan va terror tashkilotlarining hujumlaridan qochib,

Shuningdek, Turkiyaga boshpana topgan qochqinlarni o‘z vatanlariga eson-omon, o‘z ixtiyori bilan va munosib tarzda qaytishga undashlarini qayd etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar