Erdo’g’an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi
Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Erdo‘g‘an Kahovka to‘g‘onidagi portlashni tekshirish uchun xalqaro komissiya tuzilishi mumkinligini va Turkiya ushbu komissiya uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyorligini bildirdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Ukrainaning Xerson viloyatida ruslar nazoratida bo'lgan Kahovka to'g'onidagi portlash bilan bog'liq holda tuzilishi mumkin bo'lgan xalqaro komissiya borasida Turkiya qo'lidan kelganicha harakat qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Prezident Erdo’g’an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Erdo‘g‘an Kahovka to‘g‘onidagi portlashni tekshirish uchun xalqaro komissiya tuzilishi mumkinligini va Turkiya ushbu komissiya uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyorligini bildirdi.
Kecha Ukrainaning Xerson viloyatida Dnepr daryosining suv sathi tez ko‘tarildi, chunki Rossiya nazoratidagi Kaxovka to‘g‘oni bombardimonlardan katta zarar ko‘rdi.
Viloyatdagi Yangi Kahovka shahri markazi suv ostida qolgan.
Rossiya hukumati shaharni hamda toshqindan jabr ko‘rgan Golopristanskiy va Aleshi viloyatlarini evakuatsiya qilishga qaror qilgan edi.
Rossiya va Ukraina voqeada bir-birini aybladi.