Turkiya va Vengriya NATOda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto turkiyalik yangi hamkasbi Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng ma’lum qildi.

1995767
Turkiya va Vengriya NATOda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi

 

Vengriya va Turkiya NATOda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto turkiyalik yangi hamkasbi Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng ma’lum qildi.

“Biz strategik sheriklikni rivojlantirishga sodiqligimizni tasdiqladik va NATO doirasida o‘zaro yordamni davom ettirishga kelishib oldik”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Mulozim nima uchun ittifoqchilar Shimoliy Atlantika alyansida o‘zaro yordamga muhtojligini ochiqlamagan. Vengriya va Turkiya Shvetsiyaning Alyansga qo‘shilishiga doir tegishli hujjatni ratifikatsiya qilmagan ikki davlat bo‘lib qolmoqda. Vengriya parlamenti ham bu ishni bajarishga shoshilmayapti.

Bosh vazir Viktor Orban 23 may kuni mamlakati bu masalani ko‘rib chiqishga hozircha tayyor emasligini aytdi. Budapesht va Stokgolm o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik saqlanib qolmoqda, deydi u.  

Hukumat boshlig‘i fikricha, “Alyansda ziddiyat tug‘dirmaslik” uchun muammoni Shvetsiya NATOga qo‘shilishidan oldin hal qilish kerak.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar