Prezident Rajab Toyyib Erdogʻan Turkiya Buyuk Millat Majlisida qasamyod qildi
28-may kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida ikkinchi turda oʻz vazifasiga qayta saylangan Prezident Rajab Toyyib Erdogʻan Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) qasamyod qildi.




28-may kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida ikkinchi turda oʻz vazifasiga qayta saylangan Prezident Rajab Toyyib Erdogʻan Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) qasamyod qildi.
Milliy Harakat Partiyasi (MHP) rahbari Devlet Bahcheli parlamentning muvaqqat raisi sifatida dastlab Prezident Erdog’anga mandatini topshirdi. Keyin Erdog’an Bosh Assambleyada qasamyod qildi.
Shu tariqa Erdo‘g‘an 2028 yilgacha davom etadigan vazifasini rasman boshladi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi marosimga dunyoning qiziqishi katta edi.
Marosimda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etdi.
Qasamyod marosimida Somali, Jazoir va Bolqon davlatlaridan prezident darajasida ishtirok etdi.
Marosimda ayrim davlatlarni tashqi ishlar vazirlari vakillik qilgan bo’lsa, Prezident Erdog’anning qasamyod marosimida AQShni elchi Jeffry Flake vakil qildi. Unda Rossiya nomidan Federal Majlis Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ishtirok etdi.
Qasamyod qilish marosimidan so’ng Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk dafn etilgan Anitkabirga tashrif buyurgan Erdog’an Xususiy daftarga
Kelgusi 5 yil davomida Turkiyaning asriga oid tasavvurimizni amalga oshirish uchun qattiq ishlashni davom ettiramiz” deya yozdi.
Prezident Erdo’g’an, Turkiya vaqti bilan soat 19:00 da Chankaya ko’shkida xorijlik mehmonlari sharafiga ziyofat beradi.
Kechki ovqatdan so'ng Prezident Erdo'g'an yangi kabinet a'zolarini e'lon qilishi kutilmoqda