Chavusho’g’li Shvetsiyani terrorga qarshi kurashda aniq qadamlar tashlashga chaqirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Shvetsiyani Uch tomonlama memorandumdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishga va terrorga qarshi kurashda aniq qadamlar tashlashga chaqirdi.

1994288

Chavusho’g’li Twitter sahifasida yozgan postida, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryomning Norvegiyaning poytaxti Osloda o’tkazilgan NATO tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bilan bog’liq bayonotlariga javob berdi.

Vazir Chavusho'g'li postda, "Shvetsiyalik do'stlarimizga juda aniq xabar! Uchlik memorandumdan kelib chiqadigan majburiyatlaringizni bajaring va terrorga qarshi kurashda aniq qadamlar tashlang.

Boshqa masalalar shundan keyingina hal bo‘ladi”.

Billstryom Twitter sahifasida shunday dedi: “Bugun (kecha) Osloda boʻlib oʻtgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi Shvetsiyaning NATO aʼzoligiga aʼzo davlatlarning kuchli qoʻllab-quvvatlashini koʻrsatdi.

  “Bu Turkiya va Vengriyaga Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish jarayonini boshlash uchun juda aniq xabardir”. degan edi.

Aloqador xabarlar