Erdo'g'an, Serbiya Prezidenti Vuchich va Kosovo Bosh vaziri Kurti bilan uchrashdi
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti bilan telefon orqali muloqot qildi.
Aloqa raisligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Serbiya Prezidenti Vuchich va Kosovo Bosh vaziri Kurti Prezident Erdo'g'anga qayta prezident etib saylangani munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy mavzular ham muhokama qilingan uchrashuvlarda Prezident Erdog’an, Kosovo shimolidagi o’zgarishlar bilan bog’liq holda mintaqada doimiy tinchlik va barqarorlikni o’rnatishning yagona yo’li muloqot jarayonida oldinga siljish ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdo'g'an uchrashuvlarda Turkiyaning muloqot jarayoniga o'z hissasini qo'shishga tayyor ekanligini bildirdi.