Erdoʻgʻan: Maqsadimiz Turkiya atrofida xavfsizlik va tinchlik oʻrnatishdir

Prezident Erdoʻgʻan, poytaxt Anqarada Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqining 79-Bosh assambleyasida nutq soʻzladi.

1993170
Erdoʻgʻan: Maqsadimiz Turkiya atrofida xavfsizlik va tinchlik oʻrnatishdir

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiya atrofida Yevropadan Qora dengizga, Kavkaz va Yaqin Sharqdan Shimoliy Afrikagacha xavfsizlik va tinchlik oʻrnatish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Poytaxt Anqarada Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqining 79-Bosh assambleyasida nutq soʻzlagan Prezident Erdoʻgʻan, mamlakat duch kelgan muammolarga birgalikda yechim izlashlarini bildirib:

“Turk asrini ish dunyosi, fuqarolik jamiyati va siyosiy tuzilma bilan hamkorlikda tashkil etamiz”.-dedi.

Yoʻqotishlarni qoplovchi qadam tashlashda qarorli ekanliklariga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan:

“Yurtdoshlarimizni inflyatsiya bilan ezmaslik siyosatiga qat’iy sodiqmiz./.../ Yuqori inflyatsiya muammosini bir xonali raqamga tushirib, xalqimizni tinchlantirgan biz edik va yana biz boʻlamiz. Global iqtisodiyotdagi tebranishlar pasayar ekan, buning ijobiy natijalarini ham koʻramiz”.-deya gapirdi.

Vazirlar mahkamasi tuzilishi bilanoq xorijga boʻlgan tashriflarini boshlashlarini, Turkiyaga tashrif uyushtiruvchi dunyo liderlari ham borligini ifoda etgan Erdoʻgʻan:

“Maqsadimiz Turkiya atrofida Yevropadan Qora dengizga, Kavkaz va Yaqin Sharqdan Shimoliy Afrikagacha xavfsizlik va tinchlik oʻrnatishdir”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Erdoʻgʻan, oxirgi paytlarda siyosiy shantaj sifatida qoʻllanilgan viza muammosini eng qisqa vaqtda hal qilajaklarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar