Dunyo liderlari Erdog’anni tabrikladi
Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati uchun tabrikladi.
Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati uchun tabrikladi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Prezidentlik binosida uyushtirilgan matbuot anjumanida Erdog’anning muvaffaqiyati Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Sharqiy O’rtayer dengizidagi barqarorlik uchun muhim ekanini ta’kidlab, “O’tgan saylovlardan keyin Turkiyaning va ikki davlat siyosatining tasdig’i bo’ldi”. dedi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Prezident Erdog'anga telefon orqali qo'ng'iroq qilib, saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi va Ozarbayjonni eng qisqa vaqt ichida kutayotganini aytdi. Aliyev, saylov natijalari Erdog’anning keng ko’lamli siyosati va Turkiyaning har tomonlama rivojlanishidagi bebaho xizmatlariga berilgan eng katta mukofot ekanini ta’kidladi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Prezident Erdog'anga saylovdagi muvaffaqiyati munosabati bilan yo'llagan maktubida, bu muvaffaqiyat Erdo'g'anning Turkiya Prezidenti sifatida fidokorona sa'y-harakatlarining tabiiy natijasi ekanligini ta'kidladi. Sizning g‘alabangiz turk xalqi sizning davlat suverenitetini mustahkamlash va mustaqil tashqi siyosat yuritish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin ifodasidir”. iborasini ishlatgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden o‘zining Twitter’dagi sahifasida “Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qayta saylangani munosabati bilan tabriklayman. “NATO ittifoqchilari sifatida men ikki tomonlama masalalar va umumiy global muammolar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga umid qilaman”.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anni Twitter orqali tabrikladi. Yevropaga tinchlik qaytishi, Yevro-Atlantika ittifoqi va O‘rtayer dengizining kelajagi kabi Fransiya va Turkiya birgalikda yengib o‘tadigan sinovlar borligini tilga olgan Makron, “Prezident Erdo‘g‘an bilan oldinga borishni davom ettiramiz. Uning qayta saylangani bilan tabriklayman”. deb o‘z bahosini berdi.
“Germaniya va Turkiya yaqin hamkorlar va ittifoqchilar, bizda kuchli ijtimoiy va iqtisodiy aloqalar ham bor”, — dedi Germaniya kansleri Olaf Sholz Twitter’da. Prezident Erdog’anni qayta saylangani bilan tabriklayman. Endi biz umumiy masalalarimizni yangi sur’at bilan olg‘a surmoqchimiz”, dedi u.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Prezident Rejep Tayyip Erdog'anni Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati bilan tabriklab, ikki o'lka kuchli hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, Prezident Rajap Tayyip Erdog'anni qayta saylangani bilan tabriklab, "Iyul oyida bo'lib o'tadigan NATO sammitiga hamkorlikni davom ettirib, tayyorlanishni intiqlik bilan kutaman" dedi.
Yevropa Ittifoqi (YI) Kengashi Rahbari Charles Mishel ijtimoiy media orqali tarqatgan xabarida Erdog’anni prezidentlikka qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari von der Leyen ham Erdog’anni saylovdagi g’alaba bilan tabrikladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres Oliy saylov kengashining vaqtinchalik natijalariga ko'ra qayta saylangan Prezident Rajap Tayyip Erdog'anni tabrikladi.
Boshqa tomondan, Qatar, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Shvetsiya, Ukraina, Pokiston, Liviya, Jazoir, Senegal, Fil Suyagi, Serbiya, Turkmaniston, O'zbekiston, Vengriya, Venesuela, Eron Falastin Albaniya, Kosovo, Iroq, Somali, Gruziya, Livan, Tunis, Belarusiya, Sudan, Iordaniya, Armaniston, Isroil, Bosniya va Gertsegovina, Moldova, Gvineya-Bisau, Braziliya, Belgiya, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstriya, Niderlandiya, Italiya, Malta, Ummon, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman, Zambiya, Argentina, Paragvay Kuba, Boliviya, Ekvador, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Meksika, Peru, Salvador, Kosta-Rika va Qirg’iziston rahbarlari ham Prezident Rajap Tayyip Erdog’anni Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati tufayli tabrikladi.