Bugun Istanbulning fath qilinganiga 570 yil bo'kdi
Muhammad payg‘ambarning xushxabarini olgan Istanbul bundan 570 yil avval Fotih Sulton Mehmed qo‘mondonligida Usmonlilar imperiyasi tomonidan zabt etildi.




Bugun Istanbulning fath qilinganiga 570 yilligi
Muhammad payg‘ambarning xushxabarini olgan Istanbul bundan 570 yil avval Fotih Sulton Mehmed qo‘mondonligida Usmonlilar imperiyasi tomonidan zabt etildi.
1453-yil 29-mayda eshiklari ochilgan Istanbulning fath etilishi bilan “Fath” unvonini olgan Sulton Mehmed II shaharni katta bag‘rikenglik bilan talon-taroj qilmadi, fathning nishonasi sifatida Ayasofiyani masjidga aylantirdi.
Istanbulning fath qilinishining 570 yilligi munosabati bilan Ayasofya masjidida bomdod namozi o‘qildi.
Din ishlari rahbari Ali Erbash boshchiligidagi namozda qatnashganlar orasida Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, bordi.
Ayasofya masjidini yuzlab odamlar to'ldirdi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi postida Istanbulning fath etilishining 570 yilligini nishonladi.
“Dunyoning gavhari, qadrdon xalqimizning gavhari, davrni ochgan va yopgan, tarix rivojini oʻzgartirgan sultonlar sultoni Fotih Sulton Mehmedning Istanbulni fath etilishining 570 yilligi muborak boʻlsin”.dedi.
Istanbulning fathi har yili bo’lgani kabi bu yil ham 29-may kuni butun mamlakat bo’ylab va Shimoliy Kipr Turk Respublikasida (SHKTR) ko’tarinkilik bilan nishonlanmoqda.