Turk siyosiy tarixida birinchi marotaba prezidentlik saylovi ikki bosqichda natijalandi

Turk siyosiy tarixida birinchi marta boʻlib oʻtayotgan Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun ovoz berish ishlari, mamlakat boʻylab mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da tamomlandi.

1992084
Turk siyosiy tarixida birinchi marotaba prezidentlik saylovi ikki bosqichda natijalandi

Turk siyosiy tarixida birinchi marta qayd etilgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun ovoz berish jarayonlari butun Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 17:00da yakunlandi va saylov qutilari yopildi.

Turkiya 5 yil xizmat qiluvchi prezidentini aniqlagan saylovda 14-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi bosqichda eng koʻp ovoz olgan Jumhur ittifoqi nomzodi Rejep Tayyip Erdo‘gʻan bilan Millet ittifoqi nomzodi Kemal Kilichdaro‘gʻlu yorishdi.

Xorijdagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan taxminan 3,5 million saylovchi uchun dunyoning 73 davlatidagi 151 vakolatxonada 167 ta nuqtada saylov uchastkalari tuzilgandi.

Xorijdagi vakolatxonalarda ovoz berish jarayonlari 24-may kuni yakunlandi.

Xorijda yashovchi Turk fuqarolari ovoz bergan saylov byulletenlari samolyotlar va diplomatik kuryerlar orqali Turkiyaga olib kelindi.

Poytaxt Anqarada, Xorijdagi okrug saylov kengashida saqlangan ovozlar ham hisoblandi.

Erdo‘g‘an bilan Kilichdaro‘g‘lu 14-may kuni bo‘lib o‘tgan va uch nomzod ishtirok etgan saylovda birinchi 2 o‘rinni olgan ammo g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50+1% chegarasidan o‘ta olmadi.

Bugungi Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan rafiqasi Emine Erdoʻgʻan Istanbulda ovoz berdi.

Millet ittifoqining prezident nomzodi va Jumhuriyat Xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaroʻgʻlu bilan rafiqasi Selvi Kilichdaroʻgʻlu esa prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun poytaxt Anqarada ovoz berdi.

Oliy Saylov kengashi raisi Ahmet Yener ham, Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun poytaxt Anqarada ovoz berdi. Ortidan bergan bayonotida, bugungi saylovning 14-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi bosqichga qaraganda ertaroq natija berishi mumkinligini ifoda etgandi.

 



Aloqador xabarlar