Turkiyaning yangi avlod suv osti kemasi "Piri Reis" xizmatga tayyor
Shovqinsiz navigatsiya qobiliyatiga ega suv osti kemasi uzoq vaqt davomida maxfiy rejimda ishlash qudratiga ega. Suv osti kemasining uzunligi 68 metr, og‘irligi 2 ming tonnadan ortiq va 40 nafar xodim sig‘imiga ega bo‘ladi.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi yangi avlod suv osti kemasi loyihasining ikkinchi kemasi "Piri Reis"ning suvga tushirilganini ma'lum qildi.
Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilindi.
"Yangi avlod suv osti loyihasining ikkinchi kemasi "Piri Reis" 2023-yil 25-may kuni suvga tushirildi. Harbiy-dengiz flotimizga muborak bo'lsin!”,- deyiladi xabarda.
Go'ljuk kemasozlik zavodida qurilgan birinchi suv osti kemasi "TCG Piri Reis" esa, 2021 yil mart oyida ishga tushirilgandi. Loyihada "TCG Piri Reis" suv osti kemasini tortish va "TCG Selman Reis" suv osti kemasini birinchi payvandlash marosimi 2022 yil 23 mayda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an ishtirokida bo'lib o'tgandi.
Havodan mustaqil harakatlanish tizimi bilan jihozlangan "Reis" toifasidagi suv osti kemalari haftalar davomida yer yuzasiga chiqmasdan suv ostida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.