Turkiya va Qatar suriyalik qochqinlar uchun 1 mlnga yaqin uy quradi

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an o‘zining Anqarada saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ma'lum qildi.

1991001
Turkiya va Qatar suriyalik qochqinlar uchun 1 mlnga yaqin uy quradi

 

Turkiya va Qatar Suriya shimolida qochqinlar uchun 1 millionga yaqin uy quradi. Mazkur loyiha suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish uchun amalga oshirilmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an o‘zining Anqarada saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ma'lum qildi.

“Biz Suriya shimolida 500 ming qochqinni briket uylarga joylashtirishga kirishdik. Suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish uchun Qatar bilan birgalikda 1 millionga yaqin uy bunyod etish loyihasini amalga oshiramiz”, – dedi Erdo'g‘an.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suriyalik 3,5 million qochqin Turkiyada boshpana topgan. Muxolifat esa qochqinlar soni 10 millionga yetadi, demoqda. Muxolifat alyansidan prezidentlikka yagona nomzod Kemal Kilichdaro‘g‘li agar saylovda g‘alabaga erishsa barcha qochqinlarini vataniga qaytarib yuborishni va’da qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar