Mevlud Chavusho’g’li, Suriyalik qochqinlarning o’z mamlakatlariga qaytishi haqida gapirdi

Suriyadagi ichki urush va Afg'onistondagi vaziyat tufayli muhojirlarning Turkiyaga kelganini tilga olgan Chavusho'g'li, ko'plab afg'onlarni o'z mamlakatlariga yuborganliklarini ma'lum qildi.

1988979
Mevlud Chavusho’g’li, Suriyalik qochqinlarning o’z mamlakatlariga qaytishi haqida gapirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Suriyalik qochqinlarning o’z mamlakatlariga qaytishi uchun mintaqada terrorning tozalanishi kerakligini, Asad bilan hamkorlik qilmasdan qochqinlarni  yuborishning to’g’ri emasligini bildirdi.Chavusho'g'li, xususiy bir televideniye kanalida kun tartibi bilan bog'liq savollarga javob berdi .

Suriyadagi ichki urush va Afg'onistondagi vaziyat tufayli muhojirlarning Turkiyaga kelganini tilga olgan Chavusho'g'li, ko'plab afg'onlarni o'z mamlakatlariga yuborganliklarini ma'lum qildi.

550 ming suriyalik muhojirning o'z yurtlariga qaytarilganiga e'tibor qaratgan Chavusho'g'li, bu raqam yetarli emasligini va yana ko'p muhojirning o'z yurtlariga yuborilishini ta'kidladi.

Chavusho'g'li,

"Biz ularni nafaqat xavfsiz hududlarga, balki rejim nazorati ostidagi joylarga ham yuborishimiz kerak. Boshqacha aytganda, ular kelgan shaharlarga yuborishimiz kerak dedi.

  Biz rejim bilan aloqaga chiqdik, boshladik, lekin buning uchun infratuzilmani qurishga qaror qildik”, dedi u.

Ular qaytadilar biz qat’iymiz,   lekin buni inson qadriga yarasha qilishimiz kerak”dedi Vazir Chavusho'g'li,

  Qaytish uchun infratuzilmani tayyorlash va hayot xavfsizligini ta'minlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ishtirok etishi va xalqaro hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashi kerakligini ta'kidlab, bunday yo'l xaritasi bo'yicha kelishilganligini aytdi.

Bunga qo'shimcha yana bir haqiqat borligini tilga olgan Chavusho'g'li, "Agar barcha (suriyalik muhojirlarni) 100% yuboramiz desak, bu to'g'ri bo'lmaydi.

Ayni damda Turkiyada qishloq xo‘jaligi, sanoat va ba’zi ish o‘rinlari bo‘yicha ish o‘rinlariga ehtiyoj borligini ko‘rib turibmiz” dedi.



Aloqador xabarlar