Erdo‘g‘an cherkes surgunida hayotdan koʻz yumganlarni yodga oldi
Prezident Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan cherkes surgunining 159-yilligi munosabati bilan hayotdan koʻz yumganlarni yodga oldi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu haqida shunday dedi:
“Cherkes qardoshlarimiz 159 yil oldin boshidan kechirgan og‘ir azoblarni hali ham his qilyapmiz. Kavkazdan g‘ayriinsoniy usullar bilan surgun qilinganliklarining 159-yilligida, hayotdan ko‘z yumgan qardoshlarimizning hammasini rahmat ila yodga olaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.
Rossiyaning Qora dengiz sohillariga joylashish siyosati ustidan Shimoliy Kavkazni qo‘lga olish maqsadida 1556-yildan e’tiboran Kavkaz-Rossiya Chor hukumati urushi 308 yil davom etdi.
Cherkeslarni yo‘q qilib Kavkaz tog‘larining ichki qismlari tomon ilgarilagan ruslar, taslim bo‘lgan cherkeslarni yo chor armiyasiga qo‘shilishi yoki ko‘chib ketishini talab qildi.
1864-yilning 21-mayidan boshlab cherkeslar dunyoning turli burchaklariga, xususan O‘smon imperiyasiga surgun qilindi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ana shu davrda, bir oy ichida 1,5 millionga yaqin cherkes surgun qilingan. Yo‘l sharoitlari, yuqumli kasalliklar va ochlik kabi sabablar tufayli qariyb 500 ming nafar cherkes hayotdan ko‘z yumdi.
Surgun qilingan cherkeslarning bir qismi O‘smon imperiyasiga, bir qismi birinchi navbatda Suriya va Falastin bosh bo‘lish bilan birga Yaqin Sharqqa, bazilari esa O‘rta Laba va O‘rta Kuban daryolaridagi rus kazak qishloqlariga joylashtirildi.