Chet eldagi Turk fuqarolarining ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Turkiyada 28-may kuni boʻlib oʻtuvchi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi doirasida chet ellikdagi Turk fuqarolarining ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

1988836
Chet eldagi Turk fuqarolarining ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Turkiyada 28-may kuni boʻlib oʻtuvchi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi doirasida chet ellik saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan Turk fuqarolarining ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Estoniya, Portugaliya va Kosovoda yashovchi Turk fuqarolari bugun saylovda ishtirok etdi.

Estoniya poytaxti Tallin va Portugaliya poytaxti Lissabonda Turkiya elchixonasida tashkil etilgan sandiqlarda mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlagan ovoz berish jarayoni soat 22:00gacha davom etadi.

Kosovoda yashovchi Turk fuqarolari ham Prishtina elchixonasi bilan Prizren Bosh konsulligida tashkil etilgan sandiqlarda mahalliy vaqt bilan soat 08:00-22:00 oraligʻida ovoz beradilar.



Aloqador xabarlar